«Salimboy»ga nisbatan hukm o‘qilgani aytilmoqda
OAVda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Salim Abduvaliyev 6 yilga qamalgan.
Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan.
«Salimboy»ga sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Hozircha rasmiy tashkilotlar mazkur sud hukmi yuzasidan rasmiy axborot berganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksi 248-modda 1-qismida (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) nazarda tutilgan qilmishni sodir etishda gumonlanib, ushlangandi.
Tergov organlari mazkur ayblovni yana-da og‘irrog‘iga, ya’ni JK 248-moddasi 2-qismiga (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi) o‘zgartirgan. Mazkur moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter