Sakkiz oyda o‘zbekistonliklarga 421,3 mlrd so‘m keshbek to‘landi
Joriy yilning avgust oyi uchun 787 937 nafar iste’molchiga 80,9 mlrd so‘m keshbek to‘landi.
Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar qildi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida yanvar-iyul oylari uchun yana 2,7 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.
Yil boshidan buyon 1 168 591 nafar fuqaroga 421,3 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter