Sakkiz ming so‘mga «Spark»: Xalq banki lotereyalarini o‘ynang va avtomobil yutib oling!

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan lotereya yutug‘i sohiblariga navbatdagi avtomobillar topshirildi.
Xabaringiz bor, Xalq bankining «Omad kulganda» tirajli pul-buyum yutuqli lotereyasi (4-chiqarilishi) yutuqlar tiraji 2018-yil 25-may kuni Qarshi shahrida o‘tkazilgan edi. Kecha ushbu lotereyada yutib olingan jami 3 ta avtomobil, jumladan, 2 ta «Spark» va 1 ta «Matiz» avtomobili o‘z egalariga topshirildi.

– «Omad kulgan»da o‘ynab, omadim kuldi, — deydi qarshilik yutuq sohibi Erkin Xoliqov. – Chunki atigi sakkiz ming so‘mlik to‘rtta bilet olib, yangi «Spark»li bo‘ldim. Bundan oila a’zolarim, yaqinlarim cheksiz quvonchda.
Tadbir qo‘shaloq quvonchlarga boy bo‘ldi. Sababi bir vaqtning o‘zida Xalq bankining «Oltin baliq» lotereyasi bo‘yicha 3 ta «Spark» avtomobili ham o‘z egalariga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, «Omad kulganda» lotereyasida jami 2 964 672 000 so‘mlik 12 ta, jumladan, 8 ta «Spark» va 4 ta «Matiz» avtomobili hamda ko‘plab pul yutuqlari o‘ynaldi.
«Oltin baliq» lotereyasida esa jami 10 000 000 000 so‘mlik yutuqlar, ya’ni, 10 ta «Spark» avtomobili hamda turli pul yutuqlari qo‘yilgan.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
«Oltin baliq» lotereyasida qolgan «Spark» avtomobillaridan biri yoki pul yutuqlari sizniki bo‘lishi mumkin.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter