Saida Mirziyoyeva «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida ko‘rish qobiliyati yaxshilangan bolalar bilan uchrashdi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida ko‘rish qobiliyati yaxshilangan bolalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«Kecha biz Respublika ko‘z mikroxirurgiyasi markazida 11 nafar bemor — Jizzaxdagi zaif ko‘ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari bilan uchrashdik.
«Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi shifokorlar ko‘magida ko‘z nurini qaytarishga yordam berishda davom etmoqda va kun sayin quvonchli xabarlar soni ortmoqda, men ularning har birini sizga so‘zlab berishni istardim.
Masalan, operatsiya yordamida Isomiddinning ko‘rish qobiliyati 1%dan 30%ga oshdi, Otabekdagi tug‘ma nuqson davolandi, Zaynurada esa estetik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, zamonaviy protez qo‘yildi va uning yuzi, umuman, boshqacha qiyofa kasb etdi. Ular baxtiyor, men ham ularni ko‘rib baxtliman.
Bu haqda ko‘p gapirish mumkin, yaxshisi videoni ko‘ring. Bu bolalarning har birini xayolan bag‘ringizga bosing, ular bunga loyiqdirlar!», - deb yozadi Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter