Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva Islom dunyosi ta’lim, fan tashkiloti rahbari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Islom dunyosi ta’lim, fan tashkiloti rahbari bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti direktori bilan uchrashdi. 

«Bugun Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malik bilan uchrashdik.

Suhbat davomida 2025 yilda Samarqand shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi hamda O‘zbekiston va ICESCO o‘rtasidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi», deya yozadi Mirziyoyeva.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSh delegatsiyasini qabul qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring