Sadir Japarovning O‘zbekistonga ikki kunlik tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi.
11 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ko‘p qirrali O‘zbekiston – Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi.
Bugun, 12 mart kuni Sadir Japarovning mamlakatimizga tashrifi yakuniga yetdi. Oliy martabali mehmonni Bosh vazir Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter