Rossiyaning harbiy xarajatlari 2025-yilda tarixiy cho‘qqiga ko‘tariladi
Rossiya mudofaaga sarflayotgan xarajatlar 2025-yilda eng yuqori tarixiy cho‘qqisiga ko‘tariladi, deb yozdi Bloomberg.
Xabarga ko‘ra, Rossiya hukumati mudofaa uchun xarajatlarni 2025-yilda 13,2 trln rubl ($142 mlrd)gacha yetkazmoqchi. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 6,2 foizni tashkil etadi.
2024-yilda mamlakatning harbiy xarajatlari uchun 10,4 trln rubl sarflash rejalashtirilgan.
Rossiya harbiy xarajatlarini keyingi yillarda qisqartirishni rejalashtirgan: 2026-yilda — YIMning 5,6 foizigacha, 2027-yilda — 5,5 foizigacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter