Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik mutaxassislar pandemiyaning qachon tugashini ma’lum qilishdi

Rossiyalik mutaxassislar pandemiyaning qachon tugashini ma’lum qilishdi

Foto: «Newtribuna.ru»

Rossiya kimyo-texnologiya universiteti olimlari koronavirus pandemiyasining tugash muddatini ma’lum qilishdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu iyulning oxirida sodir bo‘ladi, deya xabar berdi «Kommersant’» gazetasi.

Mutaxassislar yaratgan matematik modelga ko‘ra, epidemiyaning oxiriga qadar mamlakatda 524 ming kishi kasallikni yuqtirib oladi. Shu bilan birga, ekspertlar mintaqalarda cheklovlarning olib tashlanishi munosabati bilan COVID-19 tarqalishining yangi to‘lqinini istisno qilishmayapti. Singapur texnologiya va dizayn universiteti mutaxassislari bu borada boshqacha prognoz qilishgandi: ularning hisob-kitoblariga qaraganda, pandemiya avgustning oxirida nihoyasiga yetadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada qariyb 9 mingta yangi yuqtirish holati qayd etildi. Epidemiya boshlangandan beri kasallanganlar umumiy soni 500 mingdan oshib ketdi. Ayrim hududlarda cheklovlarni olib tashlashni allaqachon boshlab yuborishgan. Masalan, Moskvada o‘zini-o‘zi izolyasiya qilish va o‘tkazish tartibi bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring