Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: Zelenskiy Qrimni qaytarib olish talablaridan voz kechishga tayyor          

Tramp: Zelenskiy Qrimni qaytarib olish talablaridan voz kechishga tayyor          

AQSh prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimni qaytarish talabidan voz kechishga tayyor. Ilgari Zelenskiy Qrim hech qachon Rossiya hududi sifatida tan olinmasligini aytgan, chunki bu Ukraina Konstitutsiyasiga zid ekanini ta’kidlagan edi.

«Bu masala 12 yil davomida ko‘tarilmagan, endi to‘satdan muhokamaga aylandi. Shuning uchun men Zelenskiyga aytdim: “Balkim, siz (AQShning 44-prezidenti Barak) Obamaga murojaat qilarsiz? Undan so‘rang, nega u (Qrimni) topshirdi»? - dedi Donald Tramp jurnalistlari bilan Nyu-Jersidegi Morristaun aeroportidagi suxbat paytida.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning tinchlik rejasi Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish va urush davomida Rossiya tomonidan egallangan hududlarni saqlab qolishni o‘z ichiga oladi. Ammo avvalroq Vladimir Zelenskiy Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishdan bosh tortgan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «CBS News»ga bergan intervyusida Qrim masalasida shunday degan edi: «Biz o‘z hududimiz bo‘yicha muzokaralar olib bormaymiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring