Rossiyalik chempion «o‘zbeklashtirildi»
Rossiyalik erkin kurashchi Razambek Jamalov endilikda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
U sport fuqaroligini almashtirdi va bo‘lajak musobaqalarda O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, Jamalov allaqachon o‘z pasportini rasmiylashtirib ulgurgan.
25 yoshli Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida ishtirok etadi. U o‘smirlar o‘rtasida jahon vitse-chempioni (2018), U23 yosh toifasida Yevropa va jahon chempioni (2019) va bir necha karra Rossiya chempioni hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter