Rossiyadan O‘zbekistonga yaqin kunlarda charter reys bo‘lishi yolg‘on - TIV
Ijtimoiy tarmoqlarda va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yaqin kunlarda O‘zbekistonga bo‘ladigan charter reyslari haqida yolg‘on xabarlar tarqalgan.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, firibgarlar Vatanga qaytishni istagan fuqarolar haqida «ma’lumotlar yig‘ish» va yo‘lovchilar «ro‘yxati»ni tuzishni boshlab yuborgan.
«Bu kabi yolg‘on xabar va mish-mishlarga ishonmasligingizni va ularni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz. 2020-yilning 30-martidan 20-apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlari yopilib, aviaqatnov to‘xtatilmoqda. Elchixona Rossiyada qolishga imkoniyati mavjud fuqarolarga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik yoki uni tarqatmaslik uchun vaqtinchalik/doimiy yashash joylarini tark etmasliklarini tavsiya qiladi. Fuqarolarimizni Rossiyada qabul qilingan koronavirus bilan kurash talablariga qat’iy amal qilishni, odamlar to‘plangan joylar, ayniqsa, aeroportlarga bormaslikni, barcha safarlarni qoldirish, tashqi aloqalarni cheklash va gigiyena qoidalariga amal qilishni so‘rab qolamiz»-, deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Charter reyslar haqidagi ma’lumotlar maxsus Telegram kanalga joylashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter