Rossiyada o‘zbek, tojik va qirg‘izlar ommaviy ravishda qo‘lga olinmoqda (video)
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida politsiya reydi davomida 135 nafar muhojir qo‘lga olindi.
Migratsiya qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng ichki ishlar bo‘limiga Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari olib kelingan.
Qayd etilishicha, yaqinda Rossiya fuqaroligini olganlarning uch nafariga harbiy ro‘yxatga olish uchun bildirishnoma berilgan. Yana uch nafari Rossiya Federatsiyasidan deportatsiya qilinishi kutilmoqda, deb xabar qildi Krasnoyarsk o‘lkasi huquqni muhofaza qilish idorasi.
Avvalroq boshqa shaharlarda ham muhojirlar ushlanayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva aeroportlarida mingdan ortiq mamlakat fuqarosi saqlanayotganini bildirdi.
Shuningdek, Tojikiston hukumati o‘z fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter