Rossiyadagi YTHda bir o‘zbek vafot etdi, beshtasi shifoxonada
Bugun, 12-oktyabrga o‘tar kechasi Saratov viloyati Petrovsk tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.S. halokat joyida vafot etgan.
Rossiya FVVning Saratov viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 5 nafar hamyurtimiz jarohat bilan tuman kasalxonasiga joylashtirilgan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi vaziyatni o‘z nazoratiga olgan va marhumaning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter