Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi yong‘inda 3 o‘zbek halok bo‘ldi

Rossiyadagi yong‘inda 3 o‘zbek halok bo‘ldi

24-oktyabr kuni Vladivostok shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida Buxoro viloyatidan kelgan 3 fuqaro vafot etgan.

Bu haqda Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi xabar berdi.

Konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinganidan so‘ng 26-oktyabr kuni jasadlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Vladivostok-Toshkent yo‘nalishidagi reysi bilan vatanga yuborilgan.

Shuningdek, 27-oktyabr kuni Vladivostok shahri bolalar kasalxonasida sog‘ligi holatining yomonlashgani sababli O‘zbekistonning yana bir fuqarosi vafot etgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring