Rossiyadagi o‘zbek migrantlari soni oxirgi 8 yilda 4 baravar qisqargan
Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni 2016 yildan buyon kamida 4 baravar qisqargan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «Sevimli» telekanali jurnalisti Jahongir Olimovga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Statistik ma’lumotlarga qaraganda Rossiyada 2016 yilgacha o‘rtacha 4 mln nafardan 6 mln nafargacha yurtdoshlarimiz borligi tilga olinar edi. Ayni vaqtda esa Rossiyadagi mehnat migrantlarimiz soni 1 mln nafarni tashkil qiladi», - deydi Sherzod Asadov.
Prezident matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, ayrim tahlilchilar bu boradagi raqamlarni keltirishda yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashrifida ikki davlat rahbarlarining bir xil statistik ma’lumotlarni aytganini e’tibordan chetda qoldirdi. Hozirda har ikki davlatning migratsion tashkilotlari ham Rossiyada 1 million o‘zbek muhojiri borligi haqidagi ma’lumotlarni keltirishadi.
O‘z navbatida, davlat rahbari ham jurnalistlar bilan suhbatida Rossiyadagi o‘zbek migrantlari soni haqida to‘xtalib, ularning soni 1 milliongacha ekanini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter