Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada sidr ichimligidan halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Rossiyada sidr ichimligidan halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Rossiyada «Mister Sidr» ichimligidan zaharlanganlar soni ortdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning turli hududlarida surrogat sidr ichimligidan 36 kishi halok bo‘lgan. Hammasi bo‘lib 106 nafar rossiyalik zaharlangan, dedi Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko.

6 iyun kuni Rossiyaning turli mintaqalarida 33 kishi sidr sharbatidan zaharlangani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Samara viloyatida yashovchi fuqaro uni qo‘l mehnati bilan yasagan, keyin esa sotuvga qo‘ygan. Undan Ulyanovsk, Samara, Nijniy Novgorod, Penza, Qo‘rg‘on viloyatlari va Udmurtiya aholisi zaharlanishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring