Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada yangi noxush rekord: vaziyat keskinlashib bormoqda

Rossiyada yangi noxush rekord: vaziyat keskinlashib bormoqda

Foto:«Izvestiya»

Rossiyada o‘tgan sutkada rasman 13 634 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Bu haqda koronavirus bo‘yicha maxsus shtab Telegram-kanalida xabar berildi.

Bu koronavirus pandemiyasi kirib kelgandan buyon qayd etilgan antirekordir.

Shuningdek, 4 240 bemor tuzalgan, 149 kishi vafot etgan.

Mamlakatda jami holatlar 1 298 718tani tashkil etmoqda,  1 020 422 bemor tuzalgan, 22,5 mingdan ortiq odam pandemiya qurboniga aylangan. 

Mana ketma-ket uch kundirki, jahon bo‘ylab infeksiya yuqtirish rekordi yangilanib bormoqda: so‘nggi ikki sutkada mos ravishda 350 ming va 383 ming holat aniqlangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring