Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbek politsiya bilan poyga o‘ynadi (video)

Rossiyada o‘zbek politsiya bilan poyga o‘ynadi (video)

Sankt-Peterburg shahridagi Petrograd qirg‘oqlarida 22 yoshli o‘zbek o‘zining ijaradagi mashinasida politsiya bilan poyga o‘ynagan va oxiri beton to‘siqqa borib urilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea bugun ertalab sodir bo‘lgan. Volkswagen mashinasi haydovchisi politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmay, undan qochgan. Bu poyga taxminan 15 daqiqa davom etgan.

Oxiri haydovchi boshqaruvni yo‘qotib Neva daryosi qirg‘og‘idagi to‘siqqa borib urilgan. Politsiya uni qo‘lga olgan. Salonda mast holdagi haydovchi va yo‘lovchi borligi aniqlangan. Ikkalasi ham O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilgan.

Hozir ularga nisbatan mast holda mashina haydash va politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring