Migratsiya xodimi tomonidan ayovsiz kaltaklangan o‘zbekistonlik yuzasidan tekshiruv boshlandi
Internetda Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida Federal xizmat xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatgani haqida video tarqalmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu holatga aniqlik kiritish, shuningdek har tomonlama va ob’yektiv tekshiruv o‘tkazish yuzasidan O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi hamda Agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli so‘rovnomalar yuborildi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter