Rossiyada it o‘z egalarini qamalda ushlab turdi
Nijniy Novgorod viloyatida staffordshir terer zotiga mansub it egalariga jahl qilib, butun oila a’zolarini garovga oldi, deb xabar berdi «REN TV».
Telekanalning ma’lum qilishicha, hodisadan bor-yo‘g‘i bir soat oldin it o‘zini juda o‘yinqaroq tutgan. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra uning xatti-harakati birdaniga o‘zgarib qolgan va butun oila a’zolariga tashlana boshlagan. Faqat uy bekasigina kvartiradan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan, ota-o‘g‘il esa garovda qolgan. Ular xonadan chiqishga uringan zahoti stafford irillay boshlagan.
Oilaning boshqa a’zolarini qutqarish uchun politsiya va FVV xodimlarini chaqirishga to‘g‘ri keldi.
Garovdagilar deraza orqali chiqishi uchun qutqaruvchilar o‘t o‘chirish narvonini o‘rnatishdi. Bu paytda esa politsiyachilar itni chalg‘itishga harakat qilishdi.
O‘g‘il bir amallab qochib chiqdi. Lekin it baribir oila xo‘jayinining qo‘lidan tishlab olishga ulgurdi.
Oila a’zolari itda avval ham tajovuzkor holatlar kuzatilganini, lekin bu darajaga birinchi marta yetganini tan olishdi.
Jonivorni «uxlatib qo‘yishni» tavsiya etishdi. Biroq egalari hali bir qarorga kelgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter