Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada bankni o‘yinchoq pistolet bilan o‘marmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 8 yilu 10 oyga qamaldi

Rossiyada bankni o‘yinchoq pistolet bilan o‘marmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 8 yilu 10 oyga qamaldi

Rossiyaning Nijnevartovskiy sudi O‘zbekiston fuqarosini o‘yinchoq qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘lgani uchun ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, voqea 2019-yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan. 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi mahalliy banklarning biriga kelib, plastik pistoletini chiqarib bank xodimlari va mijozlardan pul talab qilgan.

Mahalliy prokuraturaning ma’lum qilishicha, o‘sha paytda bankda 3 million rubl, 12,5 ming dollar va 13 ming yevro bo‘lgan. Bank xodimasi mablag‘larni olish imkoniyati yo‘qligini bildirgach, jinoyatchi binoni tark etgan.

Jinoyatchi qo‘lga olingach o‘g‘irlanishi mumkin bo‘lgan summaning kattaligi hisobga olinib, ayblanuvchiga 8 yilu 10 oy muddatga qamoq jazosi berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring