«Rossiya yadro quroli o‘rniga Lukashenkodan foydalanmoqda» – Litva mudofaa vaziri
Litva mudofaa vaziri Arvidas Anusauskas Ukraina tashqi ishlar vazirligining Minskdagi Ukraina elchisiga nota taqdim etgani haqidagi bayonotiga izoh berdi.
«Taktik yadro qurollari o‘rniga Lukashenko qo‘llanilmoqda. Kecha Belarus rasmiy ravishda Ukrainani o‘ziga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi. Maqsad – imkon qadar ko‘proq Ukraina kuchlarini frontdan Belarus chegarasiga olib chiqish», deb yozgan Anushauskas tvitterda.
Ma’lumot uchun, 8 oktyabr kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy Minskdan nota kelib tushgan edi. Tegishli hujjatda Belarus tomoni Ukrainani mamlakatga zarba berishni rejalashtirayotganlikda ayblagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter