Rossiya vaksinasi sinovida qatnashgan deputat COVID-19 bilan kasallanib qoldi
Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi sinovida ishtirok etgan Davlat dumasi deputati Valeriy Gartung COVID-19 bilan kasallanib qoldi. Bu haqda bugun, ya’ni 21-oktyabr kuni «Interfaks» xabar berdi.
Parlament a’zosi haqiqiy preparat emas, platsebo olganini taxmin qilmoqda.
«Adolatli Rossiya» a’zosi «Facebook»dagi o‘zining sahifasida bir kun oldin musbat natija olganini ta’kidlagan.
«O‘zimni yaxshi his qilyapman, isitmam yo‘q», — deb yozgan Gartung.
15-sentyabr kuni parlamentning quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin Davlat dumasi deputatlari Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi.
11-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoda birinchi bo‘lib Rossiyada «Sputnik V» deb nomlangan koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi. Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Moskva meri Sergey Sobyanin ushbu preparat bilan COVID-19ga qarshi emlangani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter