«Rossiya Qur’onni yoqish haqida soxta ma’lumotlar tarqatmoqda» – Shvetsiya Mudofaa vazirligi
Rossiya Turkiya va Vengriyaning Shvetsiyani NATOga qabul qilinishini bo‘yicha qarorlariga ta’sir ko‘rsatish uchun harakat qilmoqda. Bunday bayonot bilan Shvetsiya mudofaa vazirligi chiqdi.
Shvetsiya Mudofaa vazirligi psixologik xizmati vakili Mikael Östlundning ma’lum qilishicha, RT va Sputnik Shvetsiya hukumati go‘yoki Qur’onni yoqishni qo‘llab-quvvatlayotgani haqida arab tilida bir nechta soxta xabarlar tarqatgan. Uning fikricha, soxta xabarlar Kreml tomonidan tasdiqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning iyun oyi oxirida iroqlik qochqin Salvan Momika Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi bosh masjid oldida Qur’onni yoqib yuborgan edi. Yanvar oyida o‘ta o‘ngchi siyosatchi Turkiya elchixonasi oldida ham xuddi shunday miting o‘tkazgandi.
Bunga javoban butun dunyo musulmonlari norozi bo‘lib, Shvetsiya rasmiylarini tanqid qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilishni to‘xtatgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter