Ronalduga ko‘proq pul kerak. «Real» uni berishni xohlamayapti

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunlangach, klubini almashtirishni xohlamoqda. 32 yoshli portugaliyalik qirollik klubi rahbariyatidan uni 100 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ga sotishni so‘ragan. Futbolchining agenti allaqachon «PSJ» va «Manchester Yunayted» klublariga Ronaldu «Real»dan ketish uchun jon-jahdi bilan harakat qilayotganini yetkazgan.
Ronaldu madridliklar prezidenti Florentino Peres bilan munosabati yomonlashib, gaplashmay qo‘ygan. Hujumchi Messi va Neymardan kamroq maosh olayotgani va Peres va’dasida turmay, amaldagi shartnoma shartlarini yaxshilamaganidan xafa.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining amaldagi shartnomasiga ko‘ra, Ronalduni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlovchilar 1 milliard yevrodan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter