Ronaldu zilziladan jabrlangan Turkiya va Suriyaga insonparvarlik yukini jo‘natdi
Krishtianu Ronaldu 50 mingdan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan halokatli zilzilalardan jabrlangan Turkiya va Suriya fuqarolariga birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan narsalardan iborat insonparvarlik yukini jo‘natdi.
Portugaliyalik futbol yulduzi chodirlar, quruq ovqatlar, yostiq va ko‘rpa-to‘shaklar, bolalar ovqatlari va dori-darmonlar uchun pul jo‘natgan. Insonparvarlik yuki Turkiya va Suriyaga yetkaziladi.
Bu Ronalduning birinchi saxovatli xayriyasi emas. U avvalroq bir bolaning miyasida operatsiya o‘tkazish uchun 83 ming dollar to‘lov qilgan, shuningdek, vatani hisoblanmish Portugaliyada saraton markazini moliyalashtirish uchun 165 ming xayriya qilgan.
«Bolalarni asraymiz», YuNISEF va World Vision kabi tashkilotlarda elchi lavozimlarida ishlagan forvard koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda Portugaliya kasalxonalariga 1 million funt sterling xayriya qilgani ham ma’lum.
Ma’lumot uchun, 6-mart holatiga Turkiyada zilzila oqibatida 45 968, Suriyada esa 8 476 kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter