Ronaldu tergovga chaqirilishi mumkin
«Yuventus» futbol jamoasi sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin prokuraturasi tomonidan tergovga chaqirilishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
«Manchester Yunayted» o‘yinchisi Ronaldu turinliklarning moliyaviy hisobotlardagi soxtaliklar tufayli tergov qilinishi mumkin. Ayrim xabarlarga ko‘ra, portugal futbolchi pandemiya paytida «Yuventus»dan qo‘shimcha to‘lovlarni olib turgan, ammo bu hisobotlarda ko‘rsatilmagan. Holbuki, undan boshqa futbolchilar oyliklari muzlatilishi yoki kamaytirilishiga rozi bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli va vitse-prezident Pavel Nedved 50 mln. yevro miqdorida yolg‘on moliyaviy hisobot berganlikda gumonlanib, tergovga olingan.
Avvalroq Italiya federal prokuraturasi A seriyadagi 62 ta shubhali transfer bo‘yicha ish ochgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter