Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu ketma-ket uchinchi bor dunyoning eng taniqli sportchisi deya tan olindi

Ronaldu ketma-ket uchinchi bor dunyoning eng taniqli sportchisi deya tan olindi

Foto: Sportbox

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «ESPN» nashri reytingiga ko‘ra, dunyoning eng taniqli sportchisi deya tan olindi.

Reyting reklama shartnomalari, ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar hamda qidiruv tizimlari ma’lumotlari asosida tuzilgan.

Ronaldudan keyingi o‘rinni «Klivlend» basketbolchisi Lebron Jeyms egallagan bo‘lsa, «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Eng mashhur sportchilar o‘ntaligi:

1. Krishtianu Ronaldu («Real», futbol);

2. Lebron Djeyms («Klivlend», basketbol);

3. Lionel Messi («Barselona», futbol);

4. Neymar («PSJ», futbol);

5. Rodjer Federer (tennis);

6. Tayger Vuds (golf);

7. Kevin Dyurent («Golden Steyt», basketbol);

8. Rafael Nadal (tennis);

9. Stefen Karri («Golden Steyt», basketbol);

10. Fil Mikelson (golf).

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 14-o‘ringa joylashgan, Konor MakGregor esa – 18-o‘rinda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring