Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu jarohat olgani oshkor bo‘ldi

Ronaldu jarohat olgani oshkor bo‘ldi

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL 14-turi doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Bu haqda ingliz matbuoti xabar tarqatdi.

Ronaldu londonliklar darvozasiga kiritgan golini nishonlash paytida noqulay sakragan va oyog‘i lat yegan. Uning ertaga 15-turda «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushishi hozircha so‘roq ostida turibdi.

Ronaldu «Manchester Yunayted» safiga yozgi transferning so‘ngida kelib qo‘shilgandi. Transfer bahosi 28 mln. yevro bo‘lib, shartnoma 2023 yil oxirigacha tuzilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring