«Ronaldu effekti» — «Santyago Bernabeu»da antirekord

Madridning «Real» klubi asosiy yulduzi — Krishtianu Ronalduni sotib yuborganidan keyin o‘z maydonida birinchi rasmiy uchrashuvni o‘tkazdi. «Life» yozishicha, «Xetafe»ga qarshi o‘tkazilgan bu o‘yinni tomosha qilish uchun 48 466 kishi keldi. Bu «Santyago Bernabeu»ga 2009-yildan beri eng kam muxlis tashrif buyurishi bo‘ldi.
Aslida 81 ming muxlisga mo‘ljallangan «Santyago Bernabeu»ga bungacha eng kam muxlis 2009-yili, «Malorka»ga qarshi o‘yinda kelgandi — 44 270 kishi. Darvoqe, bu o‘yin klubga aynan Ronaldu kelib qo‘shilishidan oldin o‘tkazilgandi. O‘shanda «Real» uch uchrashuvda qatorasiga mag‘lubiyatga uchragandi (shulardan birida «Barselona»dan 2:6 hisobida yengilgan).
La-Liganing bu yilgi mavsumini «Real» 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Krishtianu Ronaldu esa «Yuventus» bilan debyut o‘yinida mehmonda «Kevo»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:3), ammo o‘zi gol urmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter