Ronaldu bir oy ichida ikkinchi marta Ginnes kitobiga kirdi
Bu safar mashhur futbolchi 2023 yilda eng ko‘p maosh oluvchi sportchi sifatida qayd etildi. U hozirda Saudiya Arabistonida to‘p surmoqda.
Krishtianu Ronalduning daromadi unga 2023 yilning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi sifatida tarixga kirishiga imkon berdi.
2022 yilning 1 mayidan 2023 yilning 1 mayigacha bo‘lgan davrda portugaliyalikka to‘langan pulning umumiy miqdori (ish haqi, pul mukofotlari, bonuslar, homiylardan olingan daromadlar hamda tijorat loyihalarida ishtirok etish va boshqa mablag‘lar) soliqlardan tashqari 136 million dollarni tashkil etdi.
Bu summa rekord hisoblangan va Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Avvalroq 38 yoshli Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida 200 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter