«Roma» va «Bude-Glimt» murabbiylari vaqtincha chetlatildi
UYeFA Italiyaning «Roma» jamoasi darvozabonlar murabbiyi Nunu Santosh va Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi bosh murabbiyi Xetil Knutsenni vaqtincha o‘yinlardan chetlatgan.
Bunday jazoni berishga Konferensiyalar ligasi chorak finali birinchi o‘yinidagi janjal sabab bo‘lgan. UYeFAning bu qarori intizom qo‘mitasi holatni o‘rganib, qaror qabul qilgunga qadar amalda bo‘ladi.
Eslatib o‘tish kerak, Yevropa konferensiyalar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida «Bude-Glimt» va «Roma» o‘rtasidagi (2:1) o‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Xetil Knutsen va italyan jamoasi darvozabonlar bo‘yicha murabbiyi Nunu Santosh o‘rtasida nizo kelib chiqqan.
Italyan OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, Knutsen «Roma» murabbiyiga hujum qilgan. Lekin Norvegiya klubi buni inkor etgan va barcha aybni Santoshga to‘nkagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter