Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Robomart» — dunyodagi birinchi haydovchisiz boshqariladigan oziq-ovqat do‘koni

«Robomart» — dunyodagi birinchi haydovchisiz boshqariladigan oziq-ovqat do‘koni

Foto: «ITC.ua»

«Robomart» jamoasi haydovchisiz boshqariladigan elektro minivenlarni yaratishga qaror qildi. Ular o‘tgan yili omadsizlikka uchragan «Bodega»ning kamchiliklarini bartaraf etishga harakat qilgan, deb xabar berdi «ITC.ua».

«Robomart» yaratuvchilarining aniqlashicha, sotiladigan mahsulotlarning 60 foizi tez buziladigan tovarlar hisobiga to‘g‘ri keladi, shu bilan birga onlayn-segmentni bu turdagi mahsulotlarning 5 foizigina tashkil etadi. Masala shundaki, bundayin mahsulotlarni yetkazib berish ancha qimmatga tushadi, shuningdek, ko‘plab xaridorlar offlayn-do‘konlarga borishni ma’qul ko‘radi.

Kompaniya tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, 26-44 yosh orasidagi 85 foiz amerikaliklar aynan shu sabab meva va sabzavotlarni onlayn-do‘kondan sotib olmaydi, biroq 65 foizi «Robomart» furgonini haftada bir martadan ko‘proq chaqirishga tayyor ekanligini bildirgan.

«Robomart» konsepti ushbu masalani quyidagicha yechadi — xaridor shunchaki mobil dasturdagi tugmani bosib, furgonni o‘z uyiga chaqirish kerak bo‘ladi (xuddi «Uber» taksilari kabi). Xaridorlar ko‘rsatilgan mazilga yetib kelgan g‘ildirak ustidagi do‘konning eshigini aynan o‘sha dastur yordamida ochadi va kerakli mahsulotni tanlaydi. 

«Robomart» mutlaq avtonom shaklda, haydovchisiz harakatlanadi. Bundan tashqari ular simsiz quvvatlantiriladigan stansiyalar orqali mustaqil quvvatlana oladi. Bir marta quvvatlanib 130 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir, maksimal tezligi soatiga 40 kilometrni tashkil etadi.

«Robomart»ning dastlabki prototipi CES 2018 ko‘rgazmasida namoyish etiladi, shuningdek, uni Kaliforniya yo‘llarida sinab ko‘rish uchun ariza berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring