Mashhur onlayn do‘konidan xaridorga archa o‘rniga tayoq keldi
Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan ayol – Ledi Mildred yangi yilni tabiiy archa bilan kutib olmaslikka qaror qildi. Ayol o‘sha butun dunyoga trendga chiqqan onlayn do‘kon «Temu»ga sun’iy archa sotib olish uchun buyurtma berdi. Ammo u intiqib kutgan buyurtmasi kelganida naq aqldan ozdi. Chunki Mildredga bayram daraxti o‘rniga tayoq jo‘natilgandi – tekis va umuman novdalarsiz.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Ledi Mildredga hamdardlik bildirish bilan birga archaga bezaklarni osganida yiqilib tushgan-tushmaganiga qiziqishmoqda. Ayniqsa hammani ajablantirgan narsa shundaki, ayol hatto yonar chiroqchalar va uch dona bezaklar yordamida baxtsiz daraxtni «kiyintirgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter