Robert Kennedi Tramp jamoasiga qo‘shildi
AQSh prezidentligiga mustaqil nomzod Robert (kichik) Kennedi saylovoldi kurashini tark etganidan so‘ng, Donald Trampning o‘tish jamoasiga qo‘shildi. Bu haqda Politico xabar berdi.
«Robert Kennedi hamda (sobiq demokrat) Tulsi Gabbardning Tramp-Vens o‘tish jamoasiga qo‘shilganidan faxrlanamiz. Amerika buyukligini tiklash ustida ishlayotgan jamoamiz ularning kuchli ovozlarini intiqlik bilan kutmoqda», — dedi Tramp saylovoldi kampaniyasining katta maslahatchisi Brayan Hyuz.
AQShdagi saylovda yangi prezident g‘alaba qozonsa, amaldagi davlat rahbarining hukumatni topshirish jarayoni boshlanadi. Bunda muhim ishni bo‘lg‘usi ma’muriyat uchun yuqori lavozimli amaldorlarni topish bilan shug‘ullanuvchi o‘tish jamoasi bajaradi.
CNN xabariga ko‘ra, AQSh prezidentligiga mustaqil nomzod Robert Kennedi 23-avgust kuni Feniksdagi matbuot anjumanida o‘z saylovoldi kampaniyasini to‘xtatgani va sobiq prezident Donald Trampni qo‘llashi haqida bayonot bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter