Rishi Sunak Isroilga bordi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak rasmiy tashrif bilan Isroilga bordi. U mamlakat rasmiylari bilan Yaqin Sharqdagi keskin siyosiy vaziyatni muhokama qiladi.
Tashrif chog‘ida Rishi Sunak Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va prezident Isaak Gertsog bilan uchrashadi, deb xabar berdi The Telegraph. Shundan so‘ng u mintaqaning boshqa mamlakatlariga ham borishni rejalashtirgan.
Safar oldidan Britaniya bosh vaziri Hamasning Isroilga hujumi oqibatida Isroil va G‘azo sektorida tinch aholi halok bo‘lgani uchun hamdardlik bildirganini aytdi. Shuningdek, u mintaqada mojaroning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
«Har bir tinch aholining o‘limi fojiadir», — dedi Rishi Sunak.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilga tashrif buyurgan edi. Uning tashrifidan so‘ng Isroil Misrga qamaldagi G‘azo sektoriga gumanitar yordamning birinchi partiyasini yuborishga ruxsat berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter