Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rishi Sunak Britaniya ichki ishlar vazirini ishdan oldi

Rishi Sunak Britaniya ichki ishlar vazirini ishdan oldi

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Suella Braverman payshanba kuni «Tayms»da chop etilgan maqolasidan keyin o‘z lavozimini yo‘qotdi.

U «Falastin tarafdorlari»ni tanqid qilib, norozilik sahnalari Shimoliy Irlandiyada qonli katolik-protestant mojarosi paytida kuzatilgan «voqealarni eslatadi» deb yozgandi.

U, shuningdek, politsiyani namoyishchilarga nisbatan teng munosabatda bo‘lmayotganlikda ayblagan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bosh vazirning idorasi Bravermanning maqolasini ma’qullamagan.

Suella dastlab 2022 yil sentyabr oyida Liz Trass hukumatida ichki ishlar vaziri bo‘ldi.

U qoidalarga zid ravishda shaxsiy elektron pochtasidan rasmiy hujjat yuborganidan atigi olti hafta o‘tib, lavozimidan ketishga majbur bo‘ldi.

Olti kundan so‘ng, o‘sha paytdagi yangi bosh vazir Rishi Sunak uni lavozimiga qaytardi.

Bi-bi-si muxbirlarining xabar berishicha, tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli IIV rahbari bo‘ladi va sobiq bosh vazir Jeyms Kemeron Kleverli o‘rniga tashqi ishlar vaziri bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring