Rim papasi bo‘lish uchun kimlar da’vogar?

Rim papasi bo‘lish uchun o‘nga yaqin da’vogar orasida Afrika va Osiyodan nomzodlar bor, deb yozdi The New York Post. Vatikanni boshqarishga da’vogar kardinallar nomini The Guardian ham keltirdi.
Ekspertlarga ko‘ra, nomzodlar orasida neomoderncha teologik yondashuv tarafdorlaridan tortib eskiparastlargacha bor. Ammo bir narsaga ekspertlarning ishonchi komil: yangi papa katolik cherkovini Fransiskning 12 yillik boshqaruvi davrida chetlashgan g‘oyaviy markaziga yana qaytaradi.
Rim papasi bo‘lish uchun da’vogarlar:
- Petro Parolin — 70 yoshda (Italiya);
- Luis Antonio Tagle — 67 yoshda (Filippin);
- Piter Terkson — 76 yoshda (Gana);
- Peter Erde — 72 yoshda (Vengriya);
- Matteo Zuppi — 69 yoshda (Italiya);
- Xose Tolentino Kalasa de Mendonsa — 59 yoshda (Portugaliya);
- Mario Grech — 68 yoshda (Malta);
- Perbattista Pitssaballa — 60 yoshda (Italiya);
- Robert Sara — 79 yoshda (Gvineya);
- Malkolm Ranjit — 77 yoshda (Shri-Lanka).
Biroq NYP yozishicha, Fransiskning «suyukli kardinali» — fransiyalik 66 yoshli Jan-Mark Avelin uning o‘rnini egallashi ehtimoli katta.
Rim papasi Fransisk 21-aprel kuni vafot etdi. Shu kundan boshlab 20 kun davomida Vatikanda 120 kardinal va 138 nafar «cherkov knyazi»dan iborat konklav yig‘ilishi shart. Yangi papa saylanishiga qadar har kuni to‘rttadan ovoz berish o‘tkaziladi. 30 marta ovoz berishdan so‘ng ikki nomzod qoladi. Ulardan qaysi biri ovozlarning uchdan ikki yoki ko‘proq qismini olsa, o‘sha rim papasi bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter