Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Endi urush bo‘lmasin!» – yangi papa dunyoni tinchlikka chaqirdi

«Endi urush bo‘lmasin!» – yangi papa dunyoni tinchlikka chaqirdi

2025-yil 11-may kuni Vatikan maydonida ilk yakshanba ibodatini o‘tkazgan yangi papa — Lev XIV dunyo davlatlarini urushlarni to‘xtatishga chaqirdi.

U o‘z murojaatida ayniqsa Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolarga e’tibor qaratdi va bu hududlarda tinchlik o‘rnatilishi kerakligini ta’kidladi. Papa G‘azodagi otishmalar darhol to‘xtatilishi va asirga olingan fuqarolar ozod qilinishi lozimligini aytdi.

Shuningdek, u Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulhni olqishlab, bu tinchlik uzoqqa cho‘zilishiga umid bildirdi.

«Endi urush bo‘lmasin», — deya qat’iy murojaat qilgan Lev XIV bugungi vaziyatni «bo‘lak-bo‘lakda davom etayotgan uchinchi Jahon urushi» deb atadi.

Ushbu murojaat uning papa sifatidagi birinchi jamoat oldidagi chiqishi bo‘lib, uni Vatikan maydonida minglab odamlar tingladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring