Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: respublikachilar Jo Baydenga impichment e’lon qilmoqchi

OAV: respublikachilar Jo Baydenga impichment e’lon qilmoqchi

AQShlik respublikachi senator Ted Kruz, agar partiya 2022-yilda Vakillar palatasi a’zoligini qaytarib olsa, AQSh prezidenti Jo Baydenga impichment e’lon qilish rejada borligini aytdi. Bu haqda Fox News telekanali ma’lum qilmoqda.

Senatorning aytishicha, respublikachilar demokratlarga sobiq prezident Donald Trampga impichment e’lon qilishga uringani uchun shunday javob berishni rejalashtirmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vakillar palatasida respublikachilarning g‘alaba qozonish imkoniyati 90 foiz, hozirda teng taqsimlangan Senatning qaytishi uchun esa 50 foizga teng.

Avvalroq AQSh Kongressi Baydenning o‘g‘li tufayli unga impichment e’lon qilishni talab qilgan edi. Bayden korrupsiyaga aloqadorlikda ayblangan, chunki uning o‘g‘li Xanter xizmatlar ko‘rsatish evaziga boshqa mamlakatlar fuqarolaridan sovg‘alarni qabul qilgan, shuningdek, boshqa mamlakatlar siyosatiga ta’sir qilgan.

Bungacha Respublikachilar palatasi a’zosi Loren Bobert AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli prezident Baydenni iste’foga chiqishga chaqirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring