Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika oliy ta’lim kengashi tarkibi yangilandi, rais — Odil Abdurahmonov

Respublika oliy ta’lim kengashi tarkibi yangilandi, rais — Odil Abdurahmonov

Toshkent davlat transport universiteti

Hukumat qarori (319-son, 08.06.2022-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining «Respublika oliy ta’lim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq endilikda:

– oliy ta’lim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishish bilan birga Kengash bilan ham kelishish amaliyoti joriy etiladi;

– Respublika oliy ta’lim kengashi Toshkent davlat transport universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;

– Oliy ta’lim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Kengash bilan kelishiladi;

– respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish hamda ularning yillik o‘sish dinamikasini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy masalalarda ko‘maklashiladi;

– oliy ta’lim muassasalari rektor lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash hamda boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish maqsadida «Rektorlar maktabi» tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, mazkur qarorda Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi, zarur hollarda, majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan uning tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda.

Odil Abdurahmonov

Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Odil Qalandarovich Abduraxmanov bir vaqtning o‘zida Kengashga raislik qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 385-son qarori bilan O.Abduraxmanov Toshkent davlat transport universitetining rektori etib tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring