Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi jamg‘armaga direktor tayinlandi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi jamg‘armaga direktor tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Nosir Nodirovich Xodjayev Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining ijrochi direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, jamg‘armaning asosiy vazifasi darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlashga qaratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni, darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarining ijara to‘lovlarini jamlash hamda ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring