Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Reklama» qimmatga tushdi

«Reklama» qimmatga tushdi

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 21 yoshli fuqaro A.Sh. ariza bilan murojaat qilib, «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida «Maqsudjon» ismli shaxs bank kartasidagi 1.220.000 so‘m pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida yashovchi 15 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.A., «Instagram» ijtimoiy tarmog‘i orqali A.Sh. bilan tanishib, uning mahsulotlarini reklama qilib berishga kelishib, oldindan reklama uchun 1.220,000 so‘m pullarini bank kartasiga o‘tkazdirib olib, so‘ng va’dasini bajarmasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring