Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Realme eng arzon smartfonlaridan birini taqdim etdi

Realme eng arzon smartfonlaridan birini taqdim etdi

Foto: «GSMArena»

Realme eng arzon smartfonlaridan biri — Realme C30 ni taqdim etdi. Bu haqda «GSMArena» xabar berdi.

Smartfon 5000 mAs sig‘imli akkumulyatordan kuch oladi, ekrani — 6,5 dyuym. Realme C30 smartfoniga 12 nm texnojarayondan o‘tgan Unisoc T612 protsessori o‘rnatilgan.

Foto: «GSMArena»

Smartfon displeyi — HD+ imkoniyatiga ega suyuq-kristall. Uning yuqori qismida 5 MP selfi kamera joylashgan. Ort qismida 8 MP yagona kamera bor. Uning yonidan svetodiodli chaqin joy olgan.

Xotirasi — 2/3 GB operativ, 32 GB ichki. Xotirani microSD hisobiga 1 TB gacha yetkazish mumkin. Smartfon Android mobil tizimining yengillashtirilgan talqinida ishlaydi.

Realme C30 narxi 100 dollardan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring