Oppo va Realme 200 dollarlik smartfonlarini taqdim etdi
Oppo va Realme (Vivo va OnePlus singari, bu ikki brendning ham BBK Electronics korporatsiyasiga bog‘liq joyi bor) o‘rta narx segmenti uchun mo‘ljallangan Android 12 smartfonlarini Xitoyda taqdim etdi. Har ikkisining narxi yuandan o‘girilganda 200 dollar atrofida.
Oppo A55s 5G
Ushbu smartfon MediaTek Dimensity 700 protsessorida ishlaydi: 6 nanometrli texnik jarayondan o‘tgan, chastotasi 3,4 GGs. Talqiniga qarab 6 yoki 8 GB operativ xotirali, 6,5 dyuymli ekrani HD+ ni qo‘llaydi, akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAs.
Realme Q5i
Bu smartfonning ekrani sal kattaroq (6,58 dyuym), sifati ham shunga mos — FullHD+ (bir soniyada kadr yangilanishi 90 tagacha). Protsessori ham yuqoridagi raqibinikidan kuchliroq — sakkiz yadroli MediaTek Dimensity 810 5G, yana bir afzalligi — 33 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Operativ xotirasi — 4 va 6 GB.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter