Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Realme» ilk planshetini taqdim etadigan sana aniq bo‘ldi

«Realme» ilk planshetini taqdim etadigan sana aniq bo‘ldi

Foto: «Ferra.ru»

So‘nggi bir-ikki oyda «Realme» taqdim etadigan ikki qurilma haqida gap-so‘zlar yig‘ilib qoldi. Biri — noutbuk, ikkinchisi — planshet. Va nihoyat, uzoq kutilgan «Realme Pad» taqdimoti qachonligi oydinlashdi.

Hindistonlik taniqli YouTube-bloger Sahil Karoul oshkor etgan ma’lumotlarga ko‘ra, va’da qilingan planshet taqdimoti 9-sentyabr sanasiga belgilangan.

Foto: «Ferra.ru»

Internetda tarqagan ma’lumotlarda «Realme Pad» plansheti 10,4-dyuymli AMOLED-displey, 6 GB operativ xotira va 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘lishi aytiladi. Qurilma akkumulyatori sig‘imi 7100 mAs, har ikki kamerasi (asosiy va ort) 8 megapikselli bo‘lishi kutilmoqda.

Planshetning narxi haqida hozircha biron-bir ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring