Bola asabiy, urishqoq, g‘azabnok va tajovuzkor bo‘lishining sabablari o‘rganildi
Kanada, Janubiy Afrika va Braziliya olimlari tadqiqot o‘tkazib, shunday xulosaga kelishdi: bola planshet va boshqa gadjetlardan qanchalik erta foydalanishni boshlasa, tajovuzkorlik bilan bog‘liq muammolar shunchalik yuqori bo‘ladi. Olimlar 3,5 yoshdan 5,5 yoshgacha bo‘lgan 315 nafar bolaning emotsional rivojlanishini kuzatdilar. Shu bilan birga, ular bolaning xatti-harakati va planshetdan foydalanishdagi o‘zgarishlar haqida ota-onalar bilan suhbatlashdilar.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 3,5 yoshida planshetlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan bolalar bir yil ichida juda asabiy va tajovuzkor bo‘lishgan. Olimlarning fikricha, ruhiyati hali yetilmagan bolalarning his-tuyg‘ularini boshqarish qobiliyatiga aynan gadjetlar salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, keyinchalik bolalar o‘z his-tuyg‘ularini mustaqil ravishda tartibga solishni o‘rganmasdan, o‘zlarini chalg‘itish va g‘azabni bostirish uchun gadjetlardan foydalanishni boshlaydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter