Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravvinni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan o‘zbekistonliklar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ravvinni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan o‘zbekistonliklar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Joriy yilning 25-noyabr kuni turli ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida Birlashgan Arab Amirliklari hududida Svi Kogan ismli shaxs o‘limida gumonlanayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi rasmiy munosabat bildirib, ushbu masalani o‘rganish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Bosh konsulxona hamda Abu-Dabidagi Elchixonasi Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib, mazkur masala yuzasidan oydinlik kiritish maqsadida tegishli ishlar olib bormoqda.

Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», – deyiladi rasmiy bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22-noyabr kuni Dubay shahrida Moldova va Isroil fuqaroligiga ega bo‘lgan ravvin Svi Kogan yo‘qolib qolgan va yakshanba kuni o‘lik holida topilgan edi. BAA huquqni muhofaza qiluvchi organlari mazkur jinoyatga aloqadorlikda gumonlanib, 3 nafar o‘zbekistonlik qamoqqa olinganini bildirgan edi.   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring