Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rastamojka» ochilishi haqidagi xabarlarga «O‘zavtosanoat» izoh berdi

«Rastamojka» ochilishi haqidagi xabarlarga «O‘zavtosanoat» izoh berdi

Ayrim axborot saytlarida avtomobillar uchun belgilangan bojxona to‘lovlari («rastamojka») 50 foizgacha arzonlashtirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yarimo‘tkazgichlar bilan bog‘liq global muammo tufayli mashina ishlab chiqarish va yetkazib berishda jiddiy muammolar tug‘ilgani sababli «O‘zavtosanoat» hukumatga shunday taklif bilan chiqqan.

Xabar.uz sayti ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati bilan bog‘landi. Matbuot xizmati rahbari Zumrad Shojalilova bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytib, biror yangilik bo‘lsa, rasmiy bayonot berilishini ta’kidladi.

Demak, hozircha chetdan mashina olib kirishda to‘lanadigan to‘lovlar bekor bo‘lgani yoki arzonlashtirilganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring