Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Shavkat Mirziyoyevning nomzodi prezidentlikka ilgari surildi

Rasman: Shavkat Mirziyoyevning nomzodi prezidentlikka ilgari surildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bugun, 12-may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda muddatidan ilgari o‘tadigan prezidentlik saylovida O‘zLiDePning ishtiroki va partiyaning navbatdagi S’yezdida partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.

O‘zLiDeP Siyosiy kengashi a’zolari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya S’yezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring